«Rossiya uchinchi mamlakatlarning sanksiyaga tushgan mahsulotlarini Belarus mahsulotlari ko‘rinishida yetkazilayotganligi natijasida yuzlab million dollar yo‘qotishda davom etmoqda», — degan elchi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Belarusga qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, aksiz va bojxona o‘zgarishlari, qonunbuzarlarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rish borasida yordamlashishga tayyor. Ammo agarda Belarus tomoni qo‘llab-quvvatlamaydigan bo‘lsa, barcha choralar samarasiz bo‘ladi.

«Hamkasblarimiz bizni bu borada qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilamiz va 2019 yilda bu muammoni hal qilish bo‘yicha sezilarli harakat qilishimiz lozim», degan u.