Qayd etilishicha, bu haqda Rossiya Sanoat va savdo vazirligining konvensiya majburiyatlarini bajarish departamenti direktori Viktor Xolstov aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQShda «Novichok» nomi bilan mashhur modda asab-falajlovchi zaharli vosita sifatida ishlab chiqarilganiga doir barcha tasdiqlovchi materiallarga ega.

Uning qo‘shimcha qilishicha, vazirlik «bu sohada ishlab chiqilgan barcha narsani tahlil qildi» hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1980-yillarda ishlab chiqilgan «kimyoviy moddalar katta miqdori»ni aniqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mart oyida Britaniyaning Solsberi shahrida «Novichok» asab-falajlovchi modda yordamida zaharlangan Yuliya Skripalning qallig‘i «yer yuzidan yo‘q bo‘lib qolgandi».