Chernoyarskiy tumanida istiqomat qiluvchi shaxs kredit tashkilotiga katta miqdorda pul qarz bo‘lib qolgan.
«Erkak qarzini o‘z ixtiyori bilan to‘lamagan, shuning uchun sud ijrochisi majburiy tartibda uning pensiyasidan pulning bir qismini ushlab qoldi. Shuningdek, ushbu shaxsga Rossiyadan tashqariga chiqish huquqi cheklab qo‘yildi. Qarzdor oilasini ko‘rib kelmoqchi bo‘lganida, uni chegaradagi o‘tkazish punktida ushlashdi. Safar amalga oshmay qoldi», - deyiladi nashr xabarida.
Ta'kidlanishicha, qarzdor kredit qarzini to‘la hajmda, shu jumladan, ijro yig‘imi sanalgan 22 ming rubl (325 AQSh dollari)ni to‘lab bergan hamda shundan so‘ng O‘zbekistonga jo‘nab ketgan.











