AT&T bosh direktori Randall Stivensonning va'da berishicha, kompaniya «media va ko‘ngilochar soha ishiga doir yangi yondashuvni» tanlaydi.
AQSh federal sudi ikki kun avval AT&T Time Warner’ni xarid qilishi mumkin ekani haqida qaror chiqardi. Okrug sudyasi Richard Leonning o‘z qarorida ma'lum qilishicha, AQSh Adliya vazirligi ikki mediagigantning birlashishi Amerika monopoliyaga qarshi qonunchiligiga zid ekanini isbotlay olmagan.











