Xabarda aytilishicha, Rossiya OAVdan «Ukrainaga qarshi gibridli axborot urushi»ni olib borish uchun foydalangan.

UXX tergov harakatlari haqidagi ma'lumotni amaliyot yakunlanganidan so‘ng oshkor qilishga va'da berdi.

Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, Kiyevda jurnalist Kirill Vishinskiy qo‘lga olingan. Bundan tashqari, UXX xodimlari RIA «Novosti»’ning Kiyevdagi ofisiga kelib, u yerda tintuv o‘tkazishayotgani aytilmoqda.