Ma'lum bo‘lishicha, 17 aprel kuni soat 21.05larda, Sergeli tumani Qo‘shqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi, 1999 y.t. S.Z. ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasini Nukus ko‘chasi 100-uy oldida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada avtomashina haydovchisi S.Z. va uning ikki nafar yo‘lovchisi, jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda yana bir yo‘lovchi, 2005 y.t. Yo.Z. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.











