Ilk namoyish qilingan film AQSh kinoijodkorlarining “Qora pantera” sarguzasht filmi bo‘ldi va u Ar-Riyoddagi kinoteatrga aylantirilgan konsert zalida bo‘lib o‘tdi. Filmni ham erkaklar, ham ayollar tomosha qilgani kelgan.
Saudiya Arabistonida kinoteatrlar 1980-yillarda taqiqlangan. Qirollikda yashovchilar kinofilmlar ko‘rish uchun qo‘shni Bahrayn va BAAga borishgan. Saudiya Arabistonidagi yagona ishlovchi kinoteatr ilmiy markazdagi Imax bo‘lib, unda ta'limiy filmlar namoyish qilingan.










