Xabar qilinishicha, Puchdemon Finlyandiyaga Shveytsariyadan kelib, Rossiyaga jo‘nab ketish imkoniyati ustida o‘ylagan. Finlyandiyada uni hibs qilish uchun order olingani tasdiqlangach, Puchdemon tanlov oldida qolgan - Sankt-Peterburg yoki Stokgolmga jo‘nab ketish.
Biroq, Puchdemon finlyandiyalik haydovchi bilan Shvetsiyaga jo‘nab ketishni ma'qul ko‘rib, taxminan 1700 kilometr masofani bosib o‘tgan. Kataloniya sobiq yetakchisining bunday qarorga kelishiga Stokgolmga kemada borganida, undan pasportini tekshirish uchun so‘rab qolishlari mumkin bo‘lgani sabab sifatida ko‘rsatiladi. Shvetsiyada u Daniya va Germaniya orqali Belgiyaga yetib bormoqchi bo‘lgan, ammo Germaniya-Daniya chegarasida 25 mart kuni politsiya tomonidan qo‘lga olingan.











