«Bizning chodirga Mamulashvili ukrainalik kishi bilan keldi va uni Andrey deb tanishtirdi, shuningdek, kamuflyajli libosda bo‘lgan erkak ham bor edi – uni amerikalik sobiq harbiy xizmatchi va bizning yo‘riqchi Kristofer Brayan sifatida ma'lum qildi», - deyiladi Aleksandr Revazishilining ko‘rsatmalarida.

Gruziyalik boshqa bir sobiq harbiy Koba Nergadzening so‘zlariga ko‘ra, Brayan Saakashvili va Mamulashvili bilan ingliz tilida suhbatlashgan.

«Harakatlar rejasi shunday belgilandi: Ukraina Oliy radasining milliy xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Sergey Pashinskiy boshchiligidagi guruh konservatoriyaga o‘tadi. Uning guruhi ukrainaliklar, polyaklar, gruzinlar va litvaliklardan iborat bo‘lgan. Pashinskiy guruhi konservatoriya binosidan otishmani birinchi bo‘lib boshlashi, oradan uch-to‘rt daqiqa o‘tib esa «Ukraina» mehmonxonasida bo‘lgan guruh otishmaga qo‘shilishi kerak edi», - deya aytib o‘tdi Nergadze.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, har bir mergan ma'lum miqdorda o‘q uzib, qurolni tashlashi va ketishi lozim bo‘lgan. Bu politsiya mergan qayerda joylashganini bilib qolmasligi uchun kerak edi.