«Ritz-Carlton’dagi barcha ozod etildi», - degan u. Agentlik manbasi ularning soni qancha bo‘lgani va podshohlikda qo‘lga olinganlar boshqa joyda saqlanganiga oid savolga aniqlik kiritmagan. Reuters’ning taxminicha, qo‘lga olinganlardan ba'zilar korruptsion jinoyatlarni tan olishdan bosh tortishgani uchun turmaga o‘tkazilgan.

O‘tgan yilning noyabr oyi boshida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi Korrupsiya bilan kurash bo‘yicha oliy qo‘mita podshohlik oilasining o‘nlab a'zolari, davlat xizmatchilari va tadbirkorlarni qamoqqa olib, ularni moliyaviy hamda lavozim jinoyatlarida aybladi. Hammasi bo‘lib 300 dan ortiq kishi so‘roq qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq saudiyalik shahzoda hibsdagi hashamatli hayoti haqida gapirib bergandi.