Al-Valid bin Talal Abd-ul Aziz ol Saud — Saudiya Arabistonining eng badavlat kishilaridan biri. 14 yanvar kungi ma'lumotlarga ko‘ra, Bloomberg uning moliyaviy holatini 17,7 milliard dollarga baholagan. Shahzoda Kingdom Holding Co'ni boshqaradi. U qo‘lga olinganidan so‘ng kompaniya aksiyalari narxi pasayib ketdi, natijada Talalning boyligi 1,2 milliardga kamaydi. Hibsga olingunga qadar Bloomberg uning moliyaviy holatini 19 milliard dollarga baholagandi. 

Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyada gumon qilingan amaldorlar va qirollik oilasi a'zolaridan 800 milliard dollar musodara qilmoqchi. Umuman olganda, kampaniya doirasida 60 shahzoda va davlat tuzilmasi vakillari hibsga olingan.