11 dekabr kuni podshohlikda rezolyutsiya qabul qilindi, u tijoriy shakldagi kinoteatrlarga litsenziya olishga ruxsat beradi. Mamlakatda kinoteatrlar o‘tgan asrning 1980-yillarida kuzatilgan konservativ «to‘lqin» natijasida yopilgandi.
Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud o‘zini ijtimoiy o‘zgarishlar tarafdori sifatida ko‘rsatmoqda. Xususan, uning tashabbusi bilan ayollarga avtomobilni haydash bo‘yicha qo‘yilgan taqiq bekor qilindi hamda podshohlikka konsertlar va ko‘ngilochar tadbirlarning boshqa ko‘rinishlari qaytdi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, kinoteatrlar yana 2018 yilning martida ochiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni podshohligiga yetakchi da'vogarlardan biri sanalgan va korrupsiyaga qarshi surishtiruv ishlari doirasida qo‘lga olingan shahzoda Mutayib bin Abdulla 1 mlrd dollar evaziga ozodlikka qo‘yib yuborilgani xabar qilingandi.











