Shuningdek amaldorning ta'kidlashicha, yana uch kishi hukumat bilan «kelishuvga» erishgani tufayli ozodlikka qo‘yib yuborilgan.

Avvalroq valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud The New York Times’ga bergan intervyusida Saudiya Arabistonida korrupsiyada ayblangan shahzodalar va milliarderlarning aksariyati o‘z mablag‘larining bir qismini ozodlikka chiqish evaziga berishga rozi bo‘lishgani haqida aytib o‘tgandi.