Nashrning aniqlik kiritishicha, hukumat shu tariqa davlat g‘aznasini yuz milliardlab dollarga to‘ldirishni rejalashtirib qo‘ygan.
«Ular Ritz’da (Ritz-Carlton mehmonxonasi – tah.) bo‘lgan aksariyat bilan muzokaralar olib borishmoqda. Ularga mol-mulk, pullarni chiqaring va ozod bo‘lishingiz mumkin, deyilgan», - deya aytib o‘tgan manba.
Gazeta suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olingan milliarderlardan biriga o‘z boyligining 70 foizini davlatga o‘tkazib berish taklifi bilan ham chiqishgan. Qayd etilishicha, bu korrupsiya faoliyati tufayli yetkazilgan zararni qoplashga ketadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV saudiyalik milliarderlar vahimaga tushib qolgani haqida xabar bergandi.












