Avvalroq Eronning zilziladan eng ko‘p talofat ko‘rgan Kirmanshoh viloyatida 3 kunlik motam e'lon qilingandi.  

Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologik markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 12 noyabrda Eron-Iroq chegarasida 7,2 va 7,3 magnitudali ketma-ket ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Tuni bilan takroriy zilzilalar to‘xtamagan: 4,9 magnitudagacha bo‘lgan 20 ta aftershok qayd qilingan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda zilzila oqibatida 450 ga yaqin odam halok bo‘lgan, 7 ming odam jarohat olgan. Iroqda 7 odam halok bo‘lgani, 530 dan ko‘proq odam jarohat olgani ma'lum qilingan.