«Janubiy Koreya tashabbusi bilan birgalikda metanli dvigatelni ishlab chiqish imkoniyatlari masalasini muhokama qilishga doir ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi», - dedi Paxomov.

Nashrning ta'kidlashicha, «Roskosmos»dan Janubiy Koreya bilan ishlashga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishgan hamda Rossiya Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan fazoviy sohada faol hamkorlik qilayotgani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mayida dunyodagi eng katta aviadvigatel sinovdan o‘tkazilgandi.