Havo sifatini yaxshilash bo‘yicha dasturga umumiy hisobda 3 mlrd funt sterling sarflash rejalashtirilmoqda. Rejaga ko‘ra, neft mahsulotlarida ishlovchi mashinalar sotishni taqiqlashdan tashqari, jamoat transportini almashtirish, "yotuvchi politsiyachi"lar (mashinalar tez yurmasligi uchun mo‘ljallangan yo‘ldagi do‘ngalaklar) miqdorini o‘zgartirish va svetoforlarni qayta dasturlash ko‘zda tutilgan.
Britaniya hukumati rejani oliy sud qaroriga ko‘ra taqdim qilishga majbur bo‘lmoqda. Hukumat sudda ClientEarth harakatiga yutqazib qo‘ygan. 2015 yilda faollar oliy sudda yutib chiqqandilar, biroq o‘shanda taqdim qilingan reja ularni qoniqtirmagan va ular sudga qayta murojaat qilgandilar.
Britaniya hukumatining bu bayonoti Fransiyadagi shunday va'dalardan keyin yangragan. Fransiyada 2040 yildan boshlab benzin va dizelda ishlovchi mashinalar sotish mumkin emasligi aytilgan.
Tahlilchilarning fikricha, 2038 yilga kelib elektromobillar savdosi oddiy avtomobillarnikidan o‘tib ketadi.










