Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama etishdi, deb xabar bermoqda DSQ matbuot xizmati.
Tomonlar aniq loyihalarni ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash orqali savdo, investitsion-texnologiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik muhim ekanini qayd etishdi.
Qozog‘iston delegatsiyasiga soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga yo‘naltirilgan islohotlar haqida ma'lumot berildi.
Qozog‘iston respublikasida axborot texnologiyalarining katta rivoji ta'kidlab o‘tildi, u barcha faoliyat sohalarini avtomatlashtirishga xizmat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonga qozog‘istonlik mutaxassislarning ko‘rsatilgan sohada tajriba almashish uchun tashrifini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.










