Qonunchilikka muvofiq, 2026 yil 1 avgustdan soliq organlarining mijozlarga yo‘naltirilganlik indeksi amaliyotga joriy etiladi.
Mazkur tizim soliq to‘lovchilarning fikr-mulohazalari asosida soliq xizmatlari sifati va samaradorligini baholashga xizmat qiladi.
Xususan, soliq to‘lovchilar soliq xizmatlaridan foydalanish imkoniyati va ularning qulayligi, shuningdek, soliq organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga baho berish imkoniga ega bo‘ladi.
Shuningdek, yangi tartib soliq majburiyatlarini bajarish uchun sarflanadigan vaqt hamda soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorlik darajasini baholash imkoniyatini ham yaratadi.
Ushbu mexanizm orqali soliq xizmatlari sifatini oshirish, soliq to‘lovchilar uchun yanada qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish maqsad qilingan.










