"Umumiy hisobda Saudiya Arabistonida yashash qoidalarini tartibga soluvchi qonunga zid harakatlarni amalga oshirgan 404 ming kishi, ko‘rsatilgan vaqt davomida bizning departament va filiallarga, chiqib ketish hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida murojaat qilishdi, - dedi u. – Qirollik hududini 100 mingdan ortiq inson tark etib bo‘ldi".
Ar-Riyodda “Qoidabuzarliksiz davlat” dasturi haqida 29 mart kuni e'lon qilindi. Shu paytdan boshlab qoidabuzarlarda Saudiya hukumatining qo‘llab-quvvatlovi yordamida uylariga qaytishlari uchun 90 kunlik muddat bor edi, ular keyinchalik ishlash uchun qaytib kelish huquqiga ham ega.
Saudiya Arabistoni rahbariyati bir necha yildan beri noqonuniy ishchilar muammosini hal qilish harakatida. Ma'lumotlarga ko‘ra, bunday insonlar soni 5 mln.ga yoki mamlakat aholisining 20 foiziga teng. Muammo mamlakatga kirib kelgan ishchilarga nisbatan homiylikning avvalgi tizimi bilan bog‘liq, uni xalqaro huquq himoyasi tashkilotlari qullikning qonuniylashtirilgan shakli, deb atashadi.











