Muftiy "Al-Majid" telekanalidagi ko‘rsatuv davomida qirollikda qo‘shiqchilarga omma oldida chiqishga litsenziyalar berilishi va kinoteatrlarning roli haqidagi munozaraga izoh berib, qo‘shiq kechalarida va kinoteatrlarda "hech qanday yaxshi narsa yo‘qligini, ular ma'naviy buzuqlikka olib kelishi, qadriyatlarga xuruj qilishi va jinslarning aralashib ketishiga yo‘l berishini" aytdi.

"Qo‘shiq kechalari va kinoteatrlar – ma'naviy buzuqlik ekanini bilamiz", deb aytdi muftiy. Uning aytishicha, kinoteatrlarda "madaniyatni o‘zgartirish maqsadida xorijdan olib kelingan bema'ni, pornografik, axloqsiz filmlar namoyish qilinadi".

Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni jamiyatida qirollikda amal qilinadigan ultrakonservativ diniy qadriyatlar, jumladan jinslar ajratilishi tamoyilidan voz kechish tarafdorlariga ajralish kuzatilmoqda.