«Joriy yilning birinchi o‘n oyi davomida 347 tonna chig‘anoq eksport qilindi. Taqqoslash uchun: shu yilning to‘qqiz oyida davomida xorijga faqatgina 51 tonna ukraina moyi (salo), atigi 9 tonna qo‘y go‘shti yetkazib berildi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, chig‘anoqlar eksporti 2013-2015 yillarda 3 dan 260 tonnaga qadar oshgan. Biroq, ularni faqatgina ikki mamlakat xarid qilmoqda - Ruminiya (25 foiz) va Litva (75 foiz). Shu bilan bir qatorda, ushbu mahsulot narxi juda arzondir.

«Mahalliy chig‘anoqlar asosan xom-ashyo sifatida olib kiriladi va ularning narxi ham besh baravar arzonroqdir. Mahsulot bir kilogrammining o‘rtacha qiymati kilogrammga 1 dollarni tashkil qiladi. Uni qayta ishlangan holda Fransiya, Vengriya, Italiya va Polshaga yetkazib berishadi», - deyiladi agrar biznesi klubining xabarida.