Muftiyning va'z qilishdan bosh tortishi avvaliga eronlik ziyoratchilar bilan bog‘langandi.

Eron diniy rahnamosi Ali Xomaneiy Saudiya Arabistonini hojilar uchun qulay sharoitlar yaratib bera olmayotganlikda ayblagandi. O‘z navbatida shayx eronliklar musulmon emasligini aytib, ular zardushtiylarning davomchilari ekanini iddao qilgan.

Endilikda shayxning o‘rniga ziyoratchilar qarshisida Makkadagi asosiy masjid imomi Abdurahmon Sudais va'z o‘qiydi.