Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil internet abonentlari soni yildan-yilga o‘sib bormoqda. Qo‘mita rasmiy statistikasida mobil aloqa orqali internetga ulangan abonentlar soni alohida ko‘rsatkich sifatida yuritiladi.
Xususan, 2015-yilda mamlakatda mobil internet abonentlari soni 7,8 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda 9 millionga, 2017-yilda 10,3 millionga yetgan.
2018-yilda ko‘rsatkich 12,7 million, 2019-yilda 15,7 million, 2020-yilda esa 17,9 millionni tashkil etgan.
Keyingi yillarda ham o‘sish davom etib, mobil internet abonentlari soni 2021-yilda 21 million, 2022-yilda 24 million va 2023-yilda 27,1 millionga yetgan.
2024-yilda ular soni 29,2 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil yakuniga kelib 33,3 millionga yetgan.
Shu tariqa, o‘n yil davomida O‘zbekistonda mobil aloqa orqali internetdan foydalanuvchi abonentlar soni 25,5 millionga ko‘payib, 2015-yilga nisbatan 4,3 barobar oshgan.











