FVV qutqaruvchilari tomonidan tog‘li hududlarda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati FVBBga kelib tushgan xabarga asosan Bo‘stonliq tumanida tog‘li hududlarda adashib qolgan shaxslarni xavfsiz hududga olib chiqish bo‘yicha qutqaruv ishlari amalga oshirilgan.
Xususan, Polvonak tog‘ida adashib qolgan 7 kishi hamda Oqtosh mahallasi hududidagi tog‘li joyda qolib ketgan 1 kishiga qutqaruvchilar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilgan. Ular xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Jarohatlanganlar yo‘qligi bildirilgan.
Vazirlik fuqarolardan tog‘li hududlarda harakatlanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, yo‘nalish va ob-havo sharoitini oldindan hisobga olishni so‘ragan.
Avvalroq Bo‘stonliqda Katta Chimyon tog‘ida adashib, tog‘dan tusholmay qolgan ikki kishi qutqarilgandi.











