Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qayd etilgan baxtsiz hodisalarning 24 tasi guruhiy tusda bo‘lgan. Shuningdek, 372 ta og‘ir oqibatli va 132 ta o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p baxtsiz hodisa Toshkent shahrida qayd etilgan - 95 ta. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 58 ta, Samarqand viloyati 53 ta, Qashqadaryo viloyati 38 ta, Buxoro viloyati 34 ta va Andijon viloyati 33 ta holat bilan qayd etilgan.

Sohalar bo‘yicha esa baxtsiz hodisalar eng ko‘p sanoatda - 168 ta hamda qurilishda - 159 ta sodir bo‘lgan. Savdo va xizmatlar sohasida 22 ta, transport va logistikada 20 ta, sog‘liqni saqlashda 16 ta, qishloq va suv xo‘jaligida 15 ta hamda ta’lim sohasida 14 ta holat qayd etilgan.

Baxtsiz hodisalar natijasida jabrlanganlarga 11 mlrd 379 mln so‘m miqdorida bir yo‘la beriladigan va oyma-oy to‘lanadigan zarar pullari undirib berilgan.

Keltirilgan statistika mehnat xavfsizligi talablariga rioya etish va ish joylarida xodimlar hayoti hamda salomatligini muhofaza qilish masalasi dolzarbligicha qolayotganini ko‘rsatadi.