Zomin tumanida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 11-avgust kuni soat 10:05lar atrofida Zomin tumanining Alisher Navoiy mahallasi hududida, “Jizzax-Ravot-Zomin-Savot” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1998-yilda tug‘ilgan F.E. Onix mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Volkswagen bilan to‘qnashib ketgan. Volkswagen Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli A.R. boshqaruvida bo‘lgan.
YTH oqibatida ikki mashina haydovchisi ham og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Onix haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolib, yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan.











