Andijon shahrida yuk mashinasi va velosiped o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, voqea 6-avgust kuni soat 13:00 larda yuz bergan.

Andijon shahar Pirmuhammedov ko‘chasida haydovchi X.G‘. Isuzu rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning birinchi tasmasida harakatlanayotgan velosipedchi keskin ravishda chap tomonga chiqib ketib, Isuzu bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida velosipedchi tan jarohati olib, tibbiy ko‘rik va zarur yordam olish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.