Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Bo‘stonliqtumangaz” gazchisi Sh.N. davlat va jamiyat manfaatlariga 593,3 mln so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlandi.

U o‘ziga biriktirilgan “Ozodbosh” MFYga kirib keluvchi tabiiy gaz hajmining har oylik hisobotlardagi tafovutlarini sun’iy ravishda kamaytirish maqsadida amalda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymagan fuqarolarning nomiga soxta qoidabuzarlik dalolatnomalarini rasmiylashtirib, elektron dasturiga yuklab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.