Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qilishicha, reyd tadbirlari davomida harakat ishtirokchilari o‘rtasida profilaktik va tushuntirish ishlari ham olib borilgan.
Xususan, skuter, moped va velosiped haydovchilariga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, harakatlanish vaqtida ehtiyotkor bo‘lish va himoya vositalaridan foydalanish zarurligi tushuntirilgan.
Shuningdek, reydlar davomida yo‘l harakati qoidalarini buzgan mototransport vositalari haydovchilari aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy choralar ko‘rilgan.
YHXB ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va qoidabuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar muntazam davom ettiriladi.











