Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Kunduzgi havo harorati +37…+40 daraja atrofida, 12–13-avgust kunlari ba’zi joylarda +41…+42 darajagacha bo‘ladi. Kechalari harorat asosan +21…+26 daraja bo‘ladi.
Shu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat dushanba kunduzi Toshkent viloyatida va haftaning ayrim kunlarida esa respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shimolda, cho‘l hududlarda va 14-avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanbaning ikkinchi yarmida shaharning ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11–14-avgust kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechalari +23…+26 daraja, kunduz kunlari +37…+40 daraja, 12–13-avgustda +41 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.











