5-avgust kuni soat 15:17 da Toshkent shahridagi 110 kVli «L-Navoiy-2» elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi.

Oqibatda Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, nosozlikka qurilish ishlarini olib borayotgan tashkilotning maxsus texnikasi haydovchisi tomonidan xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan. Natijada elektr uzatish tarmog‘iga shikast yetkazilgan.

Energetiklar tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, soat 15:49 da elektr ta’minoti muqobil manbalar orqali to‘liq tiklangan.

“Agar elektr uzatish tarmoqlari yaqinida maxsus texnikalar bilan xavfsizlik qoidalariga rioya etilmagan holda ishlar olib borilayotganiga guvoh bo‘lsangiz, befarq bo‘lmang”, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.