3 avgust soat 10:00 dan 4 avgust soat 10:00 gacha Mirzo Ulug‘bek tumanidagi suv taqsimlash inshootida rejali profilaktika ishlari o‘tkaziladi.
Ishlar doirasida mutaxassislar beshta magistral zulfinni almashtiradi.
Profilaktika tadbirlari o‘tkaziladigan vaqtda poytaxtning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatib turiladi.
Vaqtinchalik uzilish 22 ta mahalla, 884 ta ko‘p xonadonli uy, 7 006 ta yakka tartibdagi xonadon, 242 ta davlat va ijtimoiy soha muassasasiga hamda 33 017 nafar aholiga ta’sir qiladi.
Markazlashgan suv ta’minotidan vaqtincha uzilgan barcha mahallalar, shuningdek, davlat va ijtimoiy soha muassasalariga ichimlik suvi maxsus transportda yetkazib beriladi.











