«Hududgaz Poytaxt» ma’lum qilishicha, gaz ta’minoti Yunusobodning 6–19-dahalari, Kulolqo‘rg‘on, Yo‘lariq, Hasanboy, Islomobod, Bobodehqon va Obod mahallalari, shuningdek Baraka, Katta soy va Yuqori Qoraqamish ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylar hamda yerli xonadonlarda vaqtincha to‘xtatiladi.

Shu bilan birga, Yunusobod, Posira, Hiyobontepa, Bodomzor, Shivli, Firdavsiy, Yangitarnov, M.Ulug‘bek, Buyuk Turon, Bo‘zsuv, Iftixor, Jomiy, Turkqo‘rg‘on, Yangiariq, Usta Shirin, Minor va Matonat mahallalarida gaz bosimi pasayishi mumkin.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.