Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida poytaxtda qurilish-pudrat ishlari hajmi 61,2 trln so‘mni tashkil etgan. Bu sohada o‘tgan davrga nisbatan 9,9 foizlik o‘sish qayd etilganini ko‘rsatadi.

Hisobot davrida Toshkentda jami 151 ta ko‘p qavatli turar joy binosi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan. Natijada poytaxt uy-joy fondi 11 270 ta yangi xonadonga kengaygan.

Shuningdek, olti oy davomida 7 ta ijtimoiy ob’yekt ishga tushirildi. Ularning 3 tasi maktabgacha ta’lim tashkiloti, qolgan 4 tasi boshqa ijtimoiy ob’yektlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Keltirilgan raqamlarga ko‘ra, poytaxtda uy-joy va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini barpo etish ishlari davom etmoqda.