Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Kogon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Z.I. fuqaro Sh.I.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini aytgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu xizmat evaziga 8 ming AQSh dollari talab qilingan bo‘lib, kelishilgan mablag‘ning 1 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlangan. Tergov jarayonida ushbu mablag‘ning 200 AQSh dollari jabrlanuvchiga qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.