Rossiya 19 iyulga o‘tar kechasi Kiyev bo‘ylab ballistik raketalar bilan navbatdagi yopirilma zarbalarni yo‘lladi – bu urush boshidan buyon Ukraina poytaxtida kuzatilgan eng yirik hujumlardan biri bo‘ldi, degan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab 40 dan ortiq raket va 120 ta dron uchirgan. Rossiya harbiylari raketalarning katta qismini Kiyev tomon yo‘naltirgan. Iyul boshidan buyon Ukraina poytaxti har hafta bir necha martdan Rossiya hujumlari nishoniga aylanmoqda.
Shaharning beshta rayoni zarba ostida qolgan. Bu hududlarda avtomobillar, turar joylar va boshqa noturar binolar shikastlangan. Portlash to‘lqini «Lukyanovskaya» metro bekati yerosti vestibyuliga zarar yetkazgan.
Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya raketalaridan biri harbiy anjom va individual himoya vositalari, zirhli nimchalar hamda shturmchilarning ryukzaklarini ishlab chiqaruvchi Ukrtac kompaniyasi zavodi va omboriga kelib tushgan.
Kiyevda hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yana 16 kishi jarohatlangan. Kiyev oblastining Bucha rayonida yana ikki kishi tan jarohati olgan. U yerda Rossiya zarbasidan keyin omborlar va «logistik ob’yekt»larda yong‘inlar ro‘y bergan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastida qatorasiga ikkinchi kun poyezd zarbaga uchradi. Bir kun oldin RF qo‘shini lokomotiv va yo‘lovchi vagonlariga zarba bergandi. O‘shanda hech kim jabrlanmagan. 19 iyulga o‘tar kechasi zarbalar oqibatida bir ishchi yaralangan. Yo‘lovchilar oldindan evakuatsiya qilingandi. Zaporijjya shahrida yana ikki kishi jarohat olgan.
Rossiya harbiylari 18 iyuldan buyon Odessa oblasti bo‘ylab ham zarbalar bermoqda. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, shanba kuni uylar va fuqarolik ob’yektlariga zarbalar vaqtida bir o‘smir halok bo‘lib, yana 12 kishi jarohat olgan. 19 iyul kuni kunduzi ham Odessa bo‘ylab zarba berilishi oqibatida bir kishi jabrlangan.
Xarkiv shahri chekkasida yakshanba kuni pochta terminaliga zarba oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, yana 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bundan tashqari, Sumi (bir kishi halok bo‘lib, bir necha kishi yaralangan) va Xerson oblasti (bir qurbon, ikki yarador) ham zarbaga uchragan.
RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Ukraina bo‘ylab raketalar va dronlar orqali yopirilma zarba yo‘llaganini tasdiqladi. Idora bayonotiga ko‘ra, Kiyev shahri va Kiyev oblastidagi harbiy sanoat korxonalari hamda logistik markazlar, shuningdek, Odessa oblastidagi Janubiy porti infratuzilmasi hujumlar nishoni bo‘lgan.
Vazirlik hisobotida yangi zarbalar tahdidi aks etgan surat qo‘shilgan – «Bugun final emas. O‘qlandi va davom etamiz» yozuvli postga «EtoVamNeFutbol» (Bu sizga futbol emas) heshtegi qo‘shilgan. Katta ehtimol bilan, bu bilan 20 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan JCh finaliga ishora qilingan.
Kiyevga zarba oqibatlari aks etgan boshqa suratlar:
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / Reuters / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA












