«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ ma’lum qilishicha, 2026 yil 18 iyuldan boshlab Toshkent – Bekobod – Toshkent shaharlararo elektropoyezdi yangi zamonaviy tarkib bilan harakatlanadi.
Yangi elektropoyezdda konditsioner tizimi, USB quvvatlantirish portlari, qulay va zamonaviy o‘rindiqlar, videokuzatuv hamda audio-axborot tizimi o‘rnatilgan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus chiqish-tushish moslamalari va alohida o‘rindiqlar ham mavjud.
Qatnov jadvaliga ko‘ra, 7050-sonli poyezd Toshkent Markaziy vokzalidan soat 18:34 da yo‘lga chiqib, Bekobodga 21:38 da yetib boradi. 7049-sonli poyezd esa Bekoboddan soat 06:00 da jo‘nab, Toshkent Markaziy vokzaliga 09:16 da yetib keladi.
Chipta narxi kattalar uchun 15 ming so‘m, bolalar uchun esa 9 ming so‘m etib belgilangan.
Chiptalarni temiryo‘l kassalari hamda elektron platforma orqali xarid qilish mumkin.











