Toshkent shahrida o‘quvchi o‘rnini 2 karra ko‘paytirish imkonini beradigan yangi tipdagi maktablar qurish loyihasi taklif qilinmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumaniga tashrifi vaqtida aytib o‘tdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan 1,5-2 karra yuqori yuklamada ishlamoqda.

Yangi loyihaga ko‘ra, sport zali, oshxona va ustaxona yerto‘lada joylashadi, yuqori qavatlardan esa sinf xonalari sifatida foydalaniladi.

Bu yil Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan maktab va bog‘chada ushbu yondashuvni joriy etib, “poytaxt tajribasi”ni yaratish topshirildi.