Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, hududlar kesimida Toshkent shahri 2 959 nafar hunarmand bilan birinchi o‘rinni egallagan.
Undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 2 702 nafar, Samarqand viloyati — 2 185 nafar, Andijon viloyati — 2 108 nafar va Namangan viloyati — 2 030 nafar hunarmand bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Xorazm viloyatida 1 907 nafar, Toshkent viloyatida 1 790 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 557 nafar va Buxoro viloyatida 1 531 nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda.
Jizzax viloyatida 1 048 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 963 nafar, Surxondaryo viloyatida 960 nafar hunarmand ro‘yxatdan o‘tgan.
Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida — 474 nafar va Navoiy viloyatida — 456 nafar hunarmand hissasiga to‘g‘ri kelgan.











