Tashrif dasturi doirasida davlat rahbari viloyatda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirishi, shuningdek, qator istiqbolli loyihalar taqdimoti bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, prezident Namanganda o‘tkazilayotgan Xalqaro maqom festivalining ochilish marosimida ishtirok etadi.