Prezident matbuot xizmati ma’lum qilishicha, davlat rahbari 3 iyul kuni Tbilisi shahridagi Qahramonlar maydoniga tashrif buyurdi.

Marosim chog‘ida Shavkat Mirziyoyev sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Gruziya birligi uchun halok bo‘lgan qahramonlar yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, ular xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Marosim davomida harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Gruziya davlat madhiyalari yangradi.