O‘zbekistonda pora bilan bog‘liq jinoyatlar uchun hukm qilingan ayrim shaxslarni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish taqiqlandi.
Tegishli qonun 22 iyun kuni prezident tomonidan imzolandi.
Unga ko‘ra, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud juda ko‘p miqdorda* pora olgan, pora bergan, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari ozod qilish instituti qo‘llanilmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kun – 23 iyundan kuchga kirdi.
-
* Izoh: Jinoyat kodeksiga asosan, “juda ko‘p miqdor” deganda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari va undan ortiq miqdor tushuniladi. Bu chegara hozirgi kunda 206 mln so‘m bo‘lib, 2026 yil 1 sentabrdan 220 mln so‘mga yetadi.
Kun.uz avvalroq mazkur qonun asosida korrupsionerlar reyestri joriy etilayotgani, reyestrdagi shaxslarga davlat xizmatiga kirish taqiqlanishi haqida xabar bergandi.











