Tadbir davomida yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning kasbiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda bank tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun mahalliy va xorijiy malaka oshirish dasturlari, «Ustoz–shogird» an’anasi, «Turonbank stipendiyasi» hamda zamonaviy ta’lim loyihalari keng yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda «Ustoz AI» loyihasi, «Turon kitob bekati» tashabbusi, moliyaviy savodxonlikni oshirish va mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham batafsil so‘z yuritildi. Qayd etilganidek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini rag‘batlantirish «Turonbank» ATB faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tashkilotlari, bank tizimi va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi.
Turonbank — yoshlar ishonchi va kelajagiga sarmoya kiritadigan bank!
Reklama huquqi asosida











