Unda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ayrim fuqarolar tomonidan voyaga yetmagan shaxslarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berilayotgani, bu esa yo‘llarda o‘lim va jiddiy jarohat olish holatlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
Shu bois, yangicha yondashuv asosida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, og‘ir oqibatli avariyalarning oldini olish, buning uchun javobgarlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Prezident yo‘llarda inson hayoti va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ma’qulladi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.











