O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor akademik masofaviy robot jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Ushbu yuqori texnologik operatsiyani akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yosh mutaxassisi Abdurashid Abdukarimov Xitoy davlatidan turib amalga oshirdi.

Uxan shahridagi “Robot jarrohligi haftaligi – 2026” xalqaro konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan mazkur amaliyot O‘zbekistonda davolanayotgan uch nafar bemorda o‘tkazildi.

Ushbu jarayonni Xitoy va o‘zbekistonlik mutaxassislar onlayn kuzatib bordi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, bunday amaliyot dunyoning sanoqli davlatlaridagina o‘tkaziladi.