Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 16 may kuni soat 19:45 atrofida sodir bo‘lgan. Qamchiq maxsus qutqaruv boshqarmasiga tog‘da adashib qolgan fuqarolar haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng qutqaruvchilar zudlik bilan hududga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Natijada adashib qolgan 7 nafar fuqaro topilib, sog‘-salomat xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.