Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolaning o‘yinchoq avtomobilda yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur video bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumot berdi.

Xabar qilinishicha, holat 8 may kuni Bektemir tumani Oltintopgan ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Ota-ona nazoratsizligi oqibatida voyaga yetmagan bola o‘yinchoq avtomobilda yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan bolaning otasi bilan profilaktik suhbat olib borilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.