Ma’lum bo‘lishicha, 1984 yilda tug‘ilgan shaxs Chust tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroni muqaddas Haj amalini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan. U mazkur xizmat evaziga 26 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi so‘ralgan pul mablag‘ining 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar fuqarolarni “Haj” ziyoratini faqat rasmiy tashkilotlar orqali amalga oshirishga, shubhali takliflarga ishonmaslikka chaqiradi.