Uchrashuvda nomzodlik hujjatlarini xalqaro talablar va YuNeSKO mezonlariga to‘liq muvofiq shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, taqdim etilayotgan materiallarda hududning tabiiy xususiyatlari, biologik xilma-xilligi va ekologik ahamiyatini to‘liq aks ettirish muhimligi ta’kidlandi.
YuNeSKO Butunjahon merosi markazi vakillari O‘zbekiston tomonidan tayyorlangan dastlabki materiallarga yuqori baho berib, Zomin tog‘larining o‘ziga xos tabiiy landshaftlari va boy bioxilmaxilligini alohida qayd etdi.
Shu bilan birga, YuNeSKO ekspertlari nomzodlikni tayyorlashning barcha bosqichlarida uslubiy va ekspertlik ko‘magini ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirib, Konvensiya talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Muloqot yakunida tomonlar Zomin tog‘larini YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib oldi hamda keyingi amaliy vazifalarni belgilab oldi.











